API Kalitini Yaratish

API kalitini yaratish uchun quyida ko‘rsatilgan qadamlarni bajarishingiz kerak:

Shaxsiy Kabinetga Kirish

  • Sahifaning yuqori o'ng burchagidagi kirish tugmasini bosing.
  • Kabinetga kirish uchun foydalanmoqchi bo'lgan EDS kalitini tanlang va parolni kiriting.

API Kalitini Olish uchun Ariza Berish

  • Ekranning chap tomonidagi Integratsiya bo‘limini tanlang, so‘ng API kalit yaratish tugmasini bosing.
  • Kerakli maydonlarni to‘ldiring:
    • Domen - API kaliti bog‘lanadigan domen.
    • Izoh - API kaliti nima maqsadda yaratilganligini tushuntirish.
    • Kalitdan foydalanish maqsadi - avtomatik to‘ldirilgan matn.
  • Yaratish tugmasini bosing.

To‘lov

Agar hisobingizda yetarli mablag‘ bo‘lsa, Balansdan to‘lash tugmasini bosing. Agar balansingizda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, mavjud to‘lov usullaridan birini tanlang. Batafsil ma'lumotni ushbu havola orqali topishingiz mumkin.

Arizani Tasdiqlash

  • Arizani ko‘rib chiqing.
  • Arizani tasdiqlash tugmasini bosing.
  • Parolni kiriting va arizani EDS kalitingiz yordamida tasdiqlang.

Shundan so‘ng, arizangiz ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Arizangizning holati haqida SMS orqali xabarnoma olasiz yoki holatni Integratsiya bo‘limida, Faol bo‘lmagan API kalitlari kategoriyasida kuzatishingiz mumkin.

API Kalitini Yaratish

Arizangiz ko‘rib chiqilgandan so‘ng, Integratsiya bo‘limiga kirib, Faol bo‘lmagan API kalitlari kategoriyasini tanlang va Tasdiqlash tugmasini bosing. Shundan so'ng, sizga test va asosiy API kaliti yaratiladi.

API kalitlarini saqlashni unutmang, chunki keyinchalik ularni ko‘rib chiqish imkoni bo‘lmaydi. Agar kalit yo‘qolsa, yangi kalit yaratishingiz kerak bo‘ladi.